25 августа 2026, вторникПрямая лента
OʻZРУ
В фокусе
Центробанк сохранил ставку на уровне 14% · Европа переписала правила для ИИ · Дипфейк: как отличить поддельный голос · Почему летом не хватает электричестваЦентробанк сохранил ставку на уровне 14% · Европа переписала правила для ИИ · Дипфейк: как отличить поддельный голос · Почему летом не хватает электричества
Главная/Технологии
Ilm-fan

Oʻzbekistonda 4 ming yil oldin ipakchilik mavjud boʻlganiga oid dalillar topildi

Olimlar Surxondaryo viloyatida bundan qariyb toʻrt ming yil avval ipakchilik mavjud boʻlganidan dalolat beruvchi ashyoviy dalillarni topdi. Bu haqda Dunyo nashri xabar berdi.

12 августа 2026, 11:15 · 1 мин чтения · 1
Поделиться
Oʻzbekistonda 4 ming yil oldin ipakchilik mavjud boʻlganiga oid dalillar topildi

Olimlar Surxondaryo viloyatida bundan qariyb toʻrt ming yil avval ipakchilik mavjud boʻlganidan dalolat beruvchi ashyoviy dalillarni topdi. Bu haqda Dunyo nashri xabar berdi.

“Xalq soʻzi” gazetasi maʼlumotiga koʻra, olimlar Surxondaryo viloyatida joylashgan bronza davriga oid qadimgi dehqonlar manzilgohi – Sopollitepadan topilgan ashyolarni oʻrgangan.

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Antropologiya instituti mutaxassislari xalqaro tadqiqotchilar guruhi bilan hamkorlikda hududdan topilgan uchta qadimiy pilla parchasini tahlil qilgan.

Mikromorfologik va proteom tahlillari ushbu pilla qoldiqlari xonaki tut ipak qurtiga tegishli ekanini tasdiqlagan.

Radiouglerod tahlili esa topilmalar miloddan avvalgi 1940-1765-yillarga, yaʼni bundan qariyb 4 ming yil avvalgi davrga oid ekanini koʻrsatgan.

Arxeologlar xuddi shu madaniy qatlamdan tut daraxti qoldiqlarini ham aniqlagan. Maʼlumki, tut bargi ipak qurti uchun asosiy ozuqa hisoblanadi.

Olimlarning fikricha, pilla va tut daraxti qoldiqlarining bir joydan topilishi Sopollitepa aholisi bronza davridayoq ipak yetishtirish va unga ishlov berish texnologiyalaridan xabardor boʻlgan boʻlishi mumkinligini koʻrsatadi.

Topilmalar Markaziy Osiyoda ipak ishlab chiqarish texnologiyasining tarqalish tarixi haqidagi mavjud qarashlarga yangi maʼlumotlar qoʻshishi mumkin.

Shu bilan birga, kashfiyot Buyuk ipak yoʻlining shakllanishi bilan bogʻliq umumqabul qilingan sanani – miloddan avvalgi II asrni oʻzgartirmaydi. Biroq u ipak mahsulotlari va ularni ishlab chiqarishga oid bilimlar almashinuvi Buyuk ipak yoʻli shakllanishidan qariyb ikki ming yil avval boshlangan boʻlishi mumkinligini koʻrsatadi.

Tadqiqot natijalari Science Advances ilmiy jurnalida chop etilgan.

Как вам этот материал?
Комментарии0
?Комментарии проверяются по правилам
Следующий материалПравило 3-2-1: самый простой способ не потерять файлыПравило 3-2-1: самый простой способ не потерять файлы