25 августа 2026, вторникПрямая лента
OʻZРУ
В фокусе
Центробанк сохранил ставку на уровне 14% · Европа переписала правила для ИИ · Дипфейк: как отличить поддельный голос · Почему летом не хватает электричестваЦентробанк сохранил ставку на уровне 14% · Европа переписала правила для ИИ · Дипфейк: как отличить поддельный голос · Почему летом не хватает электричества
Главная/Общество
Bilasizmi?

Bir asr oldin Shotlandiyaga olib ketilgan o‘zbek so‘zanalari haqida bilasizmi?

Shotlandiyaning Glazgo shahrida Buxoro amirligi oʻzbek soʻzanalarining kichik toʻplami saqlanadi. Ular shotlandiyalik tadbirkor Uilyam Barrell tomonidan shaharga sovgʻa qilinganligi haqida maʼlumotlar bor.

13 августа 2026, 16:08 · 1 мин чтения
Поделиться

Shotlandiyaning Glazgo shahrida Buxoro amirligi oʻzbek soʻzanalarining kichik toʻplami saqlanadi. Ular shotlandiyalik tadbirkor Uilyam Barrell tomonidan shaharga sovgʻa qilinganligi haqida maʼlumotlar bor.

Bu oʻziga xos kashtalar Buxoro amirligi kashtadoʻzlik sanʼatining oltin asri timsolidir, zero, ular hunarmandchilik tijoratlashuvidan ancha oldin paxta matolari toʻqimachiligi paydo boʻlishi va anilin bilan boʻyalgan ipak tolalari keng tarqalishigacha boʻlgan davrda tikilgan.

Uilyam Barrell (1861 – 1958) Glazgodagi savdo kemalari egasi boʻlgan. U Misr, Mesopotamiya va Oʻrta yer dengizidagi qadimiy artefaktlar, Yaqin Sharq, Hindiston, Markaziy Osiyo va Xitoydagi islom sanʼati buyumlari, Yevropadagi Oʻrta asr va Uygʻonish davri sanʼati namunalarini hamda Gʻarbning zamonaviy sanʼat predmetlarini oʻz ichiga olgan sanʼat asarlarining ajoyib kolleksiyasini toʻplagan.

Uilyam oʻz toʻplami buyumlarini Glazgoda joylashgan birinchi uyi Greyt-Vestern Terras 8 hamda Bervikshirdagi Xatton qasridagi hovlisida ham yigʻib yurgan. Xatton qasridagi interyer fotosuratlarida yerga toʻshalgan fors gilamlari toʻplami, Yevropa mebelining tarixiy buyumlari, devorlarida osilgan XV va XVI asrlarga oid Yevropa gobelen gilamlari, yotoqxonadagi karavotlarda choyshabdek yopilgan oʻzbek soʻzanalarini koʻrish mumkin.

Barrell xarid qilgan matolar orasida 11 ta oʻzbek soʻzanalari alohida ajralib turadi. Kelinlar sepi uchun paxta matosiga mehr bilan tikilgan ushbu ipak kashtalarini Barrell 1925-yilda xarid qilgan. Ular uning butun umri davomida Xatton qasrida hashamatli choyshablar sifatida foydalanilgan. Bu guruhga 8 ta devorga osiladigan butun soʻzanalar, 2 ta yarim oʻlchamli nim soʻzana va bitta roʻyjo (nikoh kechasi choyshabi) kiradi.

Oʻz davrining aksariyat Yevropa kolleksionerlari singari Uilyam ham ushbu kashtalarni yuqori sifatli qoʻl mehnati, goʻzal naqshlari va ranglar uygʻunligi uchun yuksak qadrlagan.

Как вам этот материал?
Комментарии0
?Комментарии проверяются по правилам
Следующий материалСнимаете квартиру: что должно быть в договореСнимаете квартиру: что должно быть в договоре