“Fonus” qisqa metrajli filmi xalqaro kinofestivalda ishtirok etadi
2025-yil “Fonus” loyihasi doirasida 4 ta qisqa metrajli filmlar suratga olinib, taqdimot qilingandi.
2025-yil “Fonus” loyihasi doirasida 4 ta qisqa metrajli filmlar suratga olinib, taqdimot qilingandi.
Usbu filmlardan biri – “Fonus” qisqa metrajli filmi xalqaro “Jordan Children & Youthʼs Film Festival”ida ishtirok etish uchun rasman tanlandi.
Iordaniya Qirollik Kino Komissiyasi (Royal Film Commission – Jordan) tomonidan tashkil etiluvchi ushbu festival bolalar va yoshlar kinosiga bagʻishlangan xalqaro kinofestival boʻlib, unda dunyoning turli mamlakatlaridan saralangan qisqa hamda toʻliq metrajli, shuningdek animatsion filmlar namoyish etiladi.
Festival 21-27-avgust kunlari Ummon davlatida boʻlib oʻtadi.
“Fonus” filmi paxta qulligi orqali sovet tizimi siyosatini ochib beradi va taʼlim orqaligina Uchinchi Renessans poydevorini qoʻyish mumkinligini sof insoniy hislar bilan ifodalaydi.
