25 августа 2026, вторникПрямая лента
OʻZРУ
В фокусе
Центробанк сохранил ставку на уровне 14% · Европа переписала правила для ИИ · Дипфейк: как отличить поддельный голос · Почему летом не хватает электричестваЦентробанк сохранил ставку на уровне 14% · Европа переписала правила для ИИ · Дипфейк: как отличить поддельный голос · Почему летом не хватает электричества
Главная/Общество
Jamiyat

Xivada o‘tkazilgan “Qovun sayli” festivali Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi

7–9-avgust kunlari Xivadagi “Ichan qalʼa” va “Arda Xiva” majmualarida “Qovun sayli” festivali boʻlib oʻtdi. Turizm qoʻmitasi va Xorazm viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilgan festivalga 186 ming nafar mahalliy va xorijiy mehmon tashrif buyurdi.

11 августа 2026, 10:10 · 1 мин чтения
Поделиться

7–9-avgust kunlari Xivadagi “Ichan qalʼa” va “Arda Xiva” majmualarida “Qovun sayli” festivali boʻlib oʻtdi. Turizm qoʻmitasi va Xorazm viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilgan festivalga 186 ming nafar mahalliy va xorijiy mehmon tashrif buyurdi.

Festivalning asosiy qismi 9-avgust kuni qayd etilgan “Eng katta qovun degustatsiyasi” boʻyicha jahon rekordi boʻldi. Ginnes rekordlar kitobi rasmiy sertifikatiga koʻra, 259 kishi bir vaqtda 10 dan ortiq qovun navini tatib koʻrgan. Rekordni tasdiqlash jarayonida Ginnesning Turkiya va Markaziy Osiyo boʻyicha rasmiy hakami Sheyda Subashi Gemiji ishtirok etdi.

Tadbir yakunida bosh sovrin Xiva shahar hokimligiga berildi. Yangiariq tumani hokimligi birinchi, Xorazm viloyati Qishloq xoʻjaligi boshqarmasi ikkinchi oʻrinni egalladi.

Uchinchi oʻrin Urganch davlat universiteti, UzAutoʻning Xorazm filiali va Avtomobil yoʻllari qoʻmitasining Xorazm viloyati boshqarmasiga nasib etdi.

Как вам этот материал?
Комментарии0
?Комментарии проверяются по правилам
Следующий материалСнимаете квартиру: что должно быть в договореСнимаете квартиру: что должно быть в договоре