25 августа 2026, вторникПрямая лента
OʻZРУ
В фокусе
Центробанк сохранил ставку на уровне 14% · Европа переписала правила для ИИ · Дипфейк: как отличить поддельный голос · Почему летом не хватает электричестваЦентробанк сохранил ставку на уровне 14% · Европа переписала правила для ИИ · Дипфейк: как отличить поддельный голос · Почему летом не хватает электричества
Главная/Общество
Madaniyat

Yunusoboddagi noyob mozaika kompozitsiyalari boshqa hududga ko‘chiriladi

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joylashgan, 1972-yilda barpo etilgan sobiq tuberkulyoz dispanseri binosining tashqi devorlarida joylashgan noyob mozaika kompozitsiyalari saqlab qolinmoqda, deb xabar berdi Madaniy meros agentligi.

14 августа 2026, 10:18 · 1 мин чтения
Поделиться
Yunusoboddagi noyob mozaika kompozitsiyalari boshqa hududga ko‘chiriladi

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joylashgan, 1972-yilda barpo etilgan sobiq tuberkulyoz dispanseri binosining tashqi devorlarida joylashgan noyob mozaika kompozitsiyalari saqlab qolinmoqda, deb xabar berdi Madaniy meros agentligi.

Qayd etilishicha, ushbu nodir mozaika kompozitsiyalari moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilishiga nomzod obyekt sifatida Madaniy meros agentligi eʼtiborida sanaladi. Mazkur binoda demontaj ishlari rejalashtirilgani sababli, undagi tarixiy-badiiy qiymatga ega mozaikalarni saqlab qolish maqsadida ularni ehtiyotkorlik bilan yechib olish va boshqa hududga koʻchirish ishlari tashkil etilmoqda. Bu orqali monumental sanʼatning noyob namunalarini butligicha saqlab qolish, ularning tarixiy va badiiy qiymatini asrash hamda kelajak avlodlarga yetkazish koʻzda tutilgan.

Maʼlumot uchun, ushbu mozaikalar oʻzining badiiy yechimi, ranglar uygʻunligi va mazmuni bilan XX asr ikkinchi yarmiga oid monumental sanʼat namunalaridan biri sifatida alohida ahamiyatga ega. Ularda inson, tabiat, mehnat, bunyodkorlik, ilm-fan va tinchlik gʻoyalari oʻziga xos badiiy talqinda aks ettirilgan. Rang-barang smalt va boshqa mozaika elementlaridan foydalanilgan holda yaratilgan tasvirlar oʻz davrining estetik qarashlari hamda monumental sanʼat anʼanalarini oʻzida mujassam etgan.

Как вам этот материал?
Комментарии0
?Комментарии проверяются по правилам
Следующий материалСнимаете квартиру: что должно быть в договореСнимаете квартиру: что должно быть в договоре