25-avgust 2026, seshanbaJonli lenta
OʻZРУ
Diqqat markazida
Markaziy bank stavkani 14 foizda qoldirdi · Yevropa sunʼiy intellekt qoidalarini qayta yozdi · Deepfake: soxta ovozni qanday farqlash mumkin · Yozda elektr nega yetishmaydiMarkaziy bank stavkani 14 foizda qoldirdi · Yevropa sunʼiy intellekt qoidalarini qayta yozdi · Deepfake: soxta ovozni qanday farqlash mumkin · Yozda elektr nega yetishmaydi
Bosh sahifa/Jamiyat
Madaniyat

Bayram shukuhi: Andijondagi “Mustaqillik toʻyi”da nimalar boʻldi?

Xabaringiz bor, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati hamda qator tashkilotlar hamkorligida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Mustaqillik toʻyi” festivali boʻlib oʻtmoqda. Festivalning navbatdagi manzili Andijon viloyati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda Namangan viloyatlari. Ushbu hududlarda “Yagona Vatan, ya

14-avgust 2026, 15:08 · 5 daqiqa oʻqish · 2
Ulashish
Bayram shukuhi: Andijondagi “Mustaqillik toʻyi”da nimalar boʻldi?

Xabaringiz bor, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati hamda qator tashkilotlar hamkorligida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Mustaqillik toʻyi” festivali boʻlib oʻtmoqda. Festivalning navbatdagi manzili Andijon viloyati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda Namangan viloyatlari. Ushbu hududlarda “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Mustaqillik toʻyi” tadbirlari koʻtarinki ruhda tashkil etildi.

11-12-avgust kunlari Andijon viloyatida boʻlib oʻtgan festival tadbirlarida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Otabek Hasanov ham ishtirok etdi.

Festival doirasida Asaka tumanida “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Mahalla – maʼnaviy makon” loyihasi asosida seminar-trening boʻlib oʻtdi. Unda tumandagi nuroniylar hamda mahalla yettiligi faollari ishtirok etib, mahallalarda maʼnaviy muhitni yanada mustahkamlash, aholi oʻrtasida hamjihatlik va birdamlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Tadbir davomida mahallaning jamiyat hayotidagi oʻrni, yoshlar tarbiyasida nuroniylar va faol jamoatchilik vakillarining masʼuliyati haqida fikr almashildi. “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida oʻtgan mazkur treningda faollar sertifikat bilan taqdirlandi.

Viloyatdagi nogironligi boʻlgan erkaklar uchun esa “Gʻamxoʻrlik” markazida “Mustaqillik toʻyi” festivali doirasidagi “Yaxshilik karvoni” loyihasi ish boshladi. Izboskan, Marhamat tumanlarida esa Respublika “Maʼrifat” targʻibotchilari jamiyati aʼzolari ishtirokida “Shukronalik” maʼrifiy uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda Vatanga sadoqat, mehr-oqibat, inson qadri va jamiyatdagi hamjihatlikni mustahkamlash masalalariga alohida eʼtibor qaratilib, ishtirokchilar yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik, mustaqillik neʼmatining qadr-qimmati hamda bugungi farovon hayot uchun shukronalik tuygʻulari haqida fikr almashdi. Tadbirda shuningdek, xonanda va ijodkorlar ishtirokchilarga oʻzining kuy-qoʻshiqlari bilan bayramona kayfiyat ulashdi.

Tadbir doirasida Jalaquduq tumanidagi tarixiy va muqaddas maskan — Qutayba ibn Muslim ziyoratgohida “Ziyorat odobi” loyihasi amalga oshirildi. Tadbir tashkilotchilari shuningdek, “Mustaqillik toʻyi” festivali doirasida Qoʻrgʻontepa tumanida “Umummilliy birdamlik” loyihasini ham amalga oshirdi. Tadbir davomida xalqimizning yagona maqsad va ezgu gʻoyalar atrofida birlashishi, milliy qadriyatlar, oʻzaro hurmat va hamjihatlikning jamiyat hayotidagi ahamiyati haqida soʻz yuritildi. Tadbir davomida turli millat vakillarining milliy qadriyatlari, urf-odatlari va madaniyatini aks ettiruvchi kuy-qoʻshiq va raqslar namoyish etildi. Koʻtarinki ruhda oʻtgan konsert dasturi xalqimizning birdamligi va oʻzaro hurmatini yana bir bor namoyon etdi.

“Mustaqillik toʻyi” festivali doirasida Andijon shahrida gala-konsert tashkil etildi. Bayramona tadbirda taniqli sanʼatkorlar va ijodkorlar ishtirok etib, kuy-qoʻshiq, raqs va badiiy chiqishlar namoyish etildi. Koʻtarinki kayfiyatda oʻtgan gala-konsert mingdan ortiq fuqaroni qamrab oldi. Tadbir ishtirokchilarga bayramona shukuh ulashib, Vatanga muhabbat, milliy birlik va hamjihatlik tuygʻularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Bundan tashqari viloyatda “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostidagi “Mustaqillik toʻyi” festivali Bobur shahri markazida katta gala-konsert oʻtkazildi. Festivali doirasida Andijon viloyatining Bobur shaharchasida bunyod etilgan “Ziyolilar bogʻi”ga tashrif buyurilib, bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishildi. Bogʻ hududida ziyolilar, kitobxonlar va keng jamoatchilik uchun yaratilgan imkoniyatlar, obodonlashtirish ishlari hamda maʼnaviy-maʼrifiy muhitga alohida eʼtibor qaratildi.

Tashrif davomida “Ziyolilar bogʻi”ning ahamiyati, uning yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, kitobxonlikni targʻib qilish va boʻsh vaqtni mazmunli tashkil etishdagi oʻrni haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Bogʻni yanada rivojlantirish va mazmunan boyitish yuzasidan takliflar almashildi. Bobur shahri markazidagi gala-konsert esa 3 ming nafarga yaqin ishtirokchini bir manzilga jamladi. Bayramona tadbirda taniqli sanʼatkorlar va ijodkorlar ishtirokida kuy-qoʻshiqlar, raqslar hamda musiqiy chiqishlar namoyish etilib, Mustaqilligimizning 35-yilligi koʻtarinki kayfiyatda nishonlandi.

Qoraqalpogʻistondagi mustaqillik kayfiyati ham yuqori darajaga yetdi. Qoʻngʻirot tumanidagi Madaniyat saroyida “Umummilliy birdamlik” loyihasi doirasida turli millat va elat vakillari ishtirokida samimiy uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda “Azatliq”, “Qoʻngʻirot” va “Temir jol” mahallalaridan 500 nafarga yaqin aholi ishtirok etdi.

Muloqotda yurtimizda qaror topgan millatlararo totuvlik, doʻstlik va hamjihatlik muhiti, umumiy Vatanga daxldorlik, oʻzaro hurmat va birdamlikning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati haqida fikr almashildi. Bir Vatan bagʻrida turli millat va elat vakillarining ahil va inoq yashayotgani xalqimizning bebaho boyligidir. Binobarin, birdamlik bor joyda barqarorlik, hamjihatlik bor joyda taraqqiyot boʻladi.

“Shukronalik uchrashuvlari” doirasida 4-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida oʻtkazilgan tadbirda mustaqillik, Vatan, tinchlik va osoyishtalik, bugungi kun neʼmatlariga shukronalik, mehr-oqibat kabi ezgu gʻoyalarni tarannum etuvchi kuy-qoʻshiqlar yangradi.

13–14-avgust kunlariga moʻljallangan Namangan viloyatidagi festival tadbirlari doirasida ham yuqoridagi dasturlar asosida taniqli madaniyat, sanʼat namoyandalari ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy hamda madaniy loyihalar tashkil etildi. Xususan, “Shukronalik” maʼrifiy uchrashuvi, “Mahalla – maʼnaviy makon” mavzusida seminar-trening, “Kutubxonalarga tashrif”, “Ziyorat odobi”, “Maʼrifat tur”, “Obod xonadon, obod mahalla”, “Kinokarvon”, “Men kitobni sevaman”, “Yangi Oʻzbekistonning baxtiyor bolalari”, “Shijoat” loyihalari hamda “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostidagi gala-konsert dasturi rejalar qatoridan joy olgan.

Norin tumanidagi “Mahalla – maʼnaviy makon” loyihasi, “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida tashkil etilgan tadbirda tumandagi nuroniylar hamda mahalla yettiligi faollari ishtirok etdi.

Seminar-trening davomida mahallalarda sogʻlom maʼnaviy muhitni shakllantirish, aholi oʻrtasida hamjihatlik, birdamlik va oʻzaro mehr-oqibatni mustahkamlash, yoshlar tarbiyasida jamoatchilikning rolini yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Samimiy muloqot, fikr almashuv va koʻtarinki ruhda oʻtgan seminar-trening ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Tadbirlar doirasida Chortoq tumanidagi Uvays Qaroniy ziyoratgohida “Ziyorat odobi” loyihasi amalga oshirildi. Tadbir davomida ziyorat maskanlarining maʼnaviy-maʼrifiy ahamiyati, ajdodlarimiz merosini asrab-avaylash, ziyorat odobiga rioya qilish hamda milliy qadriyatlarimizga hurmat bilan munosabatda boʻlish masalalari haqida fikr almashildi.

“Yaxshilik karvoni” loyihasida esa Namangan tumanidagi Pastqiyot MFYda 3 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan imkoniyati cheklangan bolalar uchun faoliyat yurituvchi “Mehrli nurlar” kunduzgi parvarish markaziga ezgu tashabbus doirasida zarur yordam va eʼtibor koʻrsatildi. Loyihadan koʻzlangan asosiy maqsad — alohida eʼtiborga muhtoj bolalarni qoʻllab-quvvatlash, ularga mehr va gʻamxoʻrlik koʻrsatish, oilalariga maʼnaviy koʻmak berishdan iborat.

Loyiha doirasidagi tadbirlar aholida birdamlik, bagʻrikenglik va Vatanga daxldorlik tuygʻularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Bu material sizga qanday tuyuldi?
Izohlar0
?Izohlar qoidalarga muvofiq tekshiriladi
Keyingi maqolaKvartira ijaraga olayotganda: shartnomada nima boʻlishi kerakСнимаете квартиру: что должно быть в договоре