Dam olish kunlari yuqori havo harorati saqlanib turadi
Dam olish kunlari Oʻzbekiston hududi boʻyicha issiq ob-havo saqlanib turadi, deya xabar berdi Oʻzgidromet.

Dam olish kunlari Oʻzbekiston hududi boʻyicha issiq ob-havo saqlanib turadi, deya xabar berdi Oʻzgidromet.
Sinoptiklarga koʻra, kunduzgi havo harorati +37…+40 daraja atrofida, janubda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda +41…+43 darajagacha boʻladi. Yakshanba kuni issiq biroz kuchsizlashadi, ammo hozircha uncha sezilarli boʻlmasa-da, lekin harorat 2-3 darajaga pasayadi.
Harorat asosan kechalari +21…+26 daraja boʻladi.
Shu kunlarda havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat bugun kunduzi respublikaning togʻli hududlarida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.
Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 13−18 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshken shahrida dam olish kunlari havo kam bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Havo harorati asosan kechalari +23…+26 daraja, kunduz kunlari bugun va ertaga +38…+40 daraja, yakshanba kuni esa +36…+38 daraja boʻladi.
Shamol sharqdan 3−8 metr/soniya tezlikda esadi, baʼzi joylarda 10−14 metr/soniyagacha kuchayishi, shaharning ayrim joylarida chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.
