25-avgust 2026, seshanbaJonli lenta
OʻZРУ
Diqqat markazida
Markaziy bank stavkani 14 foizda qoldirdi · Yevropa sunʼiy intellekt qoidalarini qayta yozdi · Deepfake: soxta ovozni qanday farqlash mumkin · Yozda elektr nega yetishmaydiMarkaziy bank stavkani 14 foizda qoldirdi · Yevropa sunʼiy intellekt qoidalarini qayta yozdi · Deepfake: soxta ovozni qanday farqlash mumkin · Yozda elektr nega yetishmaydi
Bosh sahifa/Jamiyat
Jamiyat

Intizomiy jazo olgan xodimga bayram puli beriladimi?

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 300- moddasida xodimni intizomiy javobgarlikka tortishning umumiy va maxsus turlari keltirilgan.

13-avgust 2026, 17:17 · 1 daqiqa oʻqish
Ulashish
Intizomiy jazo olgan xodimga bayram puli beriladimi?

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 300- moddasida xodimni intizomiy javobgarlikka tortishning umumiy va maxsus turlari keltirilgan.

Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi xodimi Aygerim Aripbayeva bu borada quyidagicha tushuncha berdi:

– Umumiy intizomiy javobgarlik Mehnat kodeksi va ichki mehnat tartibi qoidalari bilan tartibga solinadigan javobgarlik boʻlib, u xodimga nisbatan ushbu Kodeksning 312-moddasida nazarda tutilgan intizomiy jazo choralaridan birini qoʻllashdan iborat va barcha xodimlarga nisbatan tatbiq etiladi. Bundan oʻzi uchun maxsus intizomiy javobgarlik belgilangan shaxslar mustasno.

Maxsus intizomiy javobgarlik xodimlarning faqat alohida toifalari uchun qonunda, shuningdek, intizom toʻgʻrisidagi ustavlar va nizomlarda nazarda tutilgan hamda xodimga nisbatan tegishli qonunda, intizom haqidagi ustavda va nizomda nazarda tutilgan intizomiy choralarni qoʻllashdan iborat javobgarlikdir.

Shuningdek, Mehnat kodeksida intizomiy jazo choralari keltirib oʻtilgan boʻlib, unga koʻra: hayfsan, oʻrtacha oylik ish haqining oʻttiz foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda jarima, ichki mehnat tartibi qoidalarida xodimga oʻrtacha oylik ish haqining ellik foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda jarima solinishi hollari nazarda tutilishi mumkin va mehnat shartnomasini bekor qilish kabilar kiradi.

Xodimning ish haqidan jarimani ushlab qolish ish beruvchi tomonidan ushbu Kodeksning 269 va 270-moddalari talablariga rioya etgan holda amalga oshiriladi. 313-moddaga binoan xodimga nisbatan faqat bitta ijtimoiy qilmish uchun bitta intizomiy jazo chorasi qoʻllanilishi keltirib oʻtilgan. Mehnat kodeksining 299-moddasida Intizomiy jazoning amal qilish muddati ichida xodimga nisbatan ragʻbatlantirish choralari, shu jumladan mehnatga haq toʻlash tizimiga kirmaydigan va mehnat natijalariga asoslanmagan mukofotlar ham (bayramlar, shu jumladan kasb bayramlari, yubileylar munosabati bilan va hokazolar) qoʻllanilmaydi.

Bundan xulosa qilishimiz mumkinki, bayram pullari ragʻbatlantirish hisoblanadi va intizomiy jazo olgan xodimga nisbatan bular berilmaydi. Agar jarima tarzidagi intizomiy jazo qoʻllanilsa, oylik ish haqining maʼlum qismi ushlab qolinishi mumkin.

Bu material sizga qanday tuyuldi?
Izohlar0
?Izohlar qoidalarga muvofiq tekshiriladi
Keyingi maqolaKvartira ijaraga olayotganda: shartnomada nima boʻlishi kerakСнимаете квартиру: что должно быть в договоре