25-avgust 2026, seshanbaJonli lenta
OʻZРУ
Diqqat markazida
Markaziy bank stavkani 14 foizda qoldirdi · Yevropa sunʼiy intellekt qoidalarini qayta yozdi · Deepfake: soxta ovozni qanday farqlash mumkin · Yozda elektr nega yetishmaydiMarkaziy bank stavkani 14 foizda qoldirdi · Yevropa sunʼiy intellekt qoidalarini qayta yozdi · Deepfake: soxta ovozni qanday farqlash mumkin · Yozda elektr nega yetishmaydi
Bosh sahifa/Jamiyat
Mafkura

Ishonch va yolgʻon psixopotologiyasi: ikkiga boʻlinmagan dengiz va bashorat ortidan chorvasini oʻldirgan xosalar

Jamoatchilik fikri asosida oʻtkazilgan tadqiqotlarga koʻra, rossiyaliklarning aksariyati Ukrainada sodir boʻlayotgan voqealarni prezident Putin tomonidan eʼlon qilingan motivlar asosida boshlangan maxsus operatsiya ekanligiga ishonchi komil. Buning boisi ularning qulogʻiga amerikaliklar Ukrainada faqat ruslarga zarar yetkazadigan biologik qurol ishlab chiqarayotgani, Ukraina sh

23-aprel 2026, 10:09 · 4 daqiqa oʻqish
Ulashish
Ishonch va yolgʻon psixopotologiyasi: ikkiga boʻlinmagan dengiz va bashorat ortidan chorvasini oʻldirgan xosalar

Jamoatchilik fikri asosida oʻtkazilgan tadqiqotlarga koʻra, rossiyaliklarning aksariyati Ukrainada sodir boʻlayotgan voqealarni prezident Putin tomonidan eʼlon qilingan motivlar asosida boshlangan maxsus operatsiya ekanligiga ishonchi komil. Buning boisi ularning qulogʻiga amerikaliklar Ukrainada faqat ruslarga zarar yetkazadigan biologik qurol ishlab chiqarayotgani, Ukraina shaharlarini ukrain aviatsiyasi vayron qilayotgani, banderachi guruhlar kimyoviy, bakteriologik va yadroviy qurollar yaratayotgani hamda keng koʻlamli feyk sahna koʻrinishlarini ishlab chiqarish boʻyicha butun bir Gollivud sanoatini yoʻlga qoʻygani qoʻrgʻoshindek quyilmoqda.

Nega odamlar bularning barchasiga ishonadi?

Hatto voqelikka mos kelmasa ham, qoʻshnisi ishongan narsaga imon keltirish inson ruhiyatining tizim hosil qiluvchi xususiyatidir. Bu axborot kaskadi deb ataladi. Maqola shu haqda.

XX asrning eng koʻzga koʻringan mutafakkirlaridan biri, genetik Richard Dokinz oʻzining “The Selfish Gene” (Xudbin gen) kitobida insonlar jamiyatida mavjud boʻlgan bir qator oʻz-oʻzidan koʻpayuvchi obyektlarni tasvirlab bergan va ularni genlarga oʻxshatib “memlar” deb atagan.

Mem — oʻz-oʻzidan koʻpayish (replikatsiya) xususiyatiga ega boʻlgan har qanday axborot birligidir. Masalan, maqollar, texnologiyalar, mafkuralar va hokazo. Keyinroq, “destruktiv mem” tushunchasi paydo boʻldi. Bu oʻz-oʻzidan koʻpayuvchi shunday axborot birligiki, koʻpayish jarayonida oʻz tashuvchisining halokatiga sabab boʻladi.

“Destruktiv mem” tushunchasi bilan deyarli bir vaqtda zamonaviy psixologiya va sotsiologiyada “axborot kaskadi” atamasi paydo boʻldi.

Axborot kaskadi inson boshqa odamlarning xatti-harakatlarini kuzatib, ushbu harakatlar uning shaxsiy tajribasi yoki undagi mavjud maʼlumotlarga zid kelishi mumkinligiga qaramay shu harakatlarni takrorlagan paytda yuz beradi. Yaʼni, kaskad odamlar “oʻzlaridagi mavjud maʼlumotlardan voz kechib, boshqa odamlarning harakatlariga taqlidan qaror qabul qilganlarida” sodir boʻladi.

Fikrlash bu modellar qurish qobiliyati, modellar qurish qobiliyati esa xato qilish ehtimoli bor, degani. Boshqacha aytganda, kim xato qilmasa, u fikrlamaydi.

Qadimgi misrliklar quyoshni samoviy ummon boʻylab suzib borayotgan Ra xudosining qayigʻi, osmonni esa oʻz turmush oʻrtogʻi Gebning ustida egilib turgan maʼbuda Nut deb hisoblaganlarida, ular xato qilgan. Ammo xato mavjudligining oʻziyoq ular dunyo modelini qurishga qodir boʻlganining isboti edi.

Dunyo modelini qurish va quyosh bu qayiq yoki arava, chana yoxud ot deyish qobiliyati, ushbu modelning xatoligidan koʻra ancha muhimroq edi.

Har qanday model ikkita funksiyani bajaradi.

Birinchidan, u ishlayotgan ekan, demak yaxshi. Bu maʼnoda, “quyosh — bu qayiq” deb daʼvo qiluvchi dunyo modeli, magnit boʻronlarini bashorat qilish maqsadida quyosh fotosferasining oʻzgarishlarini oʻrganish zarurati tugʻilgunga qadar, oʻz funksiyasini aʼlo darajada bajaradi.

Ikkinchidan, model bir xil madaniyat vakillarini birlashtiruvchi metatil rolini oʻynar ekan, u yaxshidir. Bu maʼnoda, quyosh qayiqmi yoki qayiq emasmi, bu muhim emas. Asosiysi shuki, barcha misrliklar bu tasavvurni baham koʻradi, ayni paytda esa barcha eskimoslar quyoshni chana deb hisoblaydilar.

Biroq jamiyat yaxlitligini taʼminlovchi metatil har doim ham ijobiy rol oʻynayvermaydi.

Misol uchun, juda farqli madaniyatlar va davrlarda sodir boʻlgan bir nechta voqeani koʻrib chiqaylik.

1856-yilning aprelida Janubiy Afrikada xosa qabilasiga mansub oʻn toʻrt yoshli Nongkavuze ismli qiz Gsarxa daryosi boʻyiga kelib, bashorat eshitadi. Ajdodlar ruhi unga vaʼda beradi: agar xosalar bor chorvasini soʻyib, barcha ekinlarini yoʻq qilsalar, shundan soʻng toʻkin-sochinlik davri keladi, ajdodlar dunyoga qaytib, oq tanlilarni qirib tashlaydi va yoʻqotilgan narsalar oʻrnini toʻldirish uchun oʻzlari bilan yangi chorva olib keladilar.

Qiz “koʻrgan vahiysi”ni amakisiga, u esa dohiyga aytib beradi. Dohiy bashoratga ishonadi va xosalar chorvasini oʻldirishni boshlaydilar. Ular soʻnggi dala yoqib yuborilgan va oxirgi buqa soʻyilgan kuni ajdodlar yerga qaytib, oq tanlilarni haydab chiqarishiga, yangi chorva kelishiga, dalalar esa allaqachon pishib yetilgan boshoqlar bilan qoplanishiga ishonardi.

Biroq muammo tugʻiladi. Oddiy xosalarda savol paydo boʻladi: nega chorva paydo boʻlmayapti? Bunga chorvasini soʻyishdan va hosilini yoʻq qilishdan bosh tortgan xosalar aybdor deb topiladi. Maʼlum boʻlishicha, chorvadan tashqari, uni oʻldirishdan bosh tortganlarni ham narigi dunyoga joʻnatish kerak ekan. Shunda hammasi joyiga tusharmish. Shunday qilishni boshladilar. Lekin chorva baribir paydo boʻlmasdi.

Bu mental epidemiya tushunarli sabablarga koʻra 1858-yilga kelib tugadi. Lekin bu vaqtga kelib 400 mingga yaqin chorva mollari soʻyilgan, 40 ming kishi ochlikdan halok boʻlgandi.

Boshqa bir misol. 1212-yilda Reynlandlik choʻpon Nikolas muqaddas zaminni kofirlardan ozod qilish boʻyicha “maxsus operatsiya rejasi” borligini eʼlon qildi. Reja oʻz puxtaligi va logistik soddaligi bilan hayratda qoldirardi. Unga koʻra, Nikolasning izdoshlari Oʻrta yer dengizini quruqlik orqali kesib oʻtadi, chunki dengiz ular oldida ikkiga boʻlinib yoʻl ochadi. Urushga kelsak, u umuman boʻlmasdi, chunki musulmonlar ozodlik armiyasini koʻrishi bilan darhol katolik dinini qabul qilishi kerak edi. Nikolas oʻz izdoshlari bilan haqiqatan ham Genuyagacha yetib bordi, lekin u yerda maxsus operatsiya rejasi yengib boʻlmas toʻsiqqa duch keldi: dengiz ikkiga boʻlinmadi. Nikolas Alp togʻlari orqali orqaga qaytishda halok boʻldi, uning otasini esa farzandiga qoʻshilib oʻlganlarning qarindoshlari osib qoʻyishdi.

Bu material sizga qanday tuyuldi?
Izohlar0
?Izohlar qoidalarga muvofiq tekshiriladi
Keyingi maqolaKvartira ijaraga olayotganda: shartnomada nima boʻlishi kerakСнимаете квартиру: что должно быть в договоре