25-avgust 2026, seshanbaJonli lenta
OʻZРУ
Diqqat markazida
Markaziy bank stavkani 14 foizda qoldirdi · Yevropa sunʼiy intellekt qoidalarini qayta yozdi · Deepfake: soxta ovozni qanday farqlash mumkin · Yozda elektr nega yetishmaydiMarkaziy bank stavkani 14 foizda qoldirdi · Yevropa sunʼiy intellekt qoidalarini qayta yozdi · Deepfake: soxta ovozni qanday farqlash mumkin · Yozda elektr nega yetishmaydi
Bosh sahifa/Jamiyat
Jamiyat

O‘n yilda O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilingan shaxslar soni ma’lum qilindi

Prezident farmonlari bilan 2016-yilning dekabr oyidan hozirgi kunga qadar 25 339 nafar fuqaroligi boʻlmagan shaxs Oʻzbekiston fuqaroligiga qabul qilindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

11-avgust 2026, 17:08 · 1 daqiqa oʻqish
Ulashish

Prezident farmonlari bilan 2016-yilning dekabr oyidan hozirgi kunga qadar 25 339 nafar fuqaroligi boʻlmagan shaxs Oʻzbekiston fuqaroligiga qabul qilindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

2020-yildan 2026-yilning oʻtgan davri mobaynida Oʻzbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston fuqaroligini tan olish yoʻlga qoʻyildi. 1995-yil 1-yanvar kuniga qadar respublikaga koʻchib kelib doimiy roʻyxatdan oʻtgan 24 456 nafarining hujjatlari koʻrib chiqilib, Oʻzbekiston fuqarolik pasporti (identifikatsiya ID-karta) bilan hujjatlashtirildi.

2005-yil 1-yanvar kuniga qadar respublikaga koʻchib kelib, doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan hamda muqaddam chet davlat fuqaroligida boʻlmagan jami 22 692 nafar shaxsning hujjatlari koʻrib chiqilib, Oʻzbekiston fuqarosining identifikatsiya ID-kartasi rasmiylashtirib berildi.

Oʻzbekistonda kamida 15 yil doimiy yashab kelayotgan va mazkur davr mobaynida chet davlat fuqaroligida boʻlmagan shaxslarning hamda ota-onasidan biri (yolgʻiz otasi yoki onasi) Oʻzbekiston fuqarosi deb tan olingan, chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan va Oʻzbekistonda yashab kelayotgan bolalarning murojaatlariga asosan jami 19 041 nafar shaxsning hujjatlari koʻrib chiqilib, Oʻzbekiston fuqarosining identifikatsiya ID-kartasi bilan hujjatlashtirildi.

Bugungi kunda, Oʻzbekiston fuqaroligini olish istagida boʻlgan 1 795 nafar (shundan 401 nafari tan olish) shaxslarning murojaatlari qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqilmoqda.

Bu material sizga qanday tuyuldi?
Izohlar0
?Izohlar qoidalarga muvofiq tekshiriladi
Keyingi maqolaKvartira ijaraga olayotganda: shartnomada nima boʻlishi kerakСнимаете квартиру: что должно быть в договоре