Shavkat Mirziyoyev bir guruh tadbirkorlarni mukofotladi
Shavkat Mirziyoyev Tadbirkorlar kuni munosabati bilan bir guruh tadbirkorni orden va medallar bilan taqdirladi. Ular investitsiyalarni jalb qilish, import oʻrnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarish, zamonaviy xizmatlar koʻlamini yanada kengaytirish, yangi ish oʻrinlari va daromad manbalarini yaratish orqali aholi farovonligini oshirish yoʻlida alohida jonbozlik koʻrsatayotg

Shavkat Mirziyoyev Tadbirkorlar kuni munosabati bilan bir guruh tadbirkorni orden va medallar bilan taqdirladi. Ular investitsiyalarni jalb qilish, import oʻrnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarish, zamonaviy xizmatlar koʻlamini yanada kengaytirish, yangi ish oʻrinlari va daromad manbalarini yaratish orqali aholi farovonligini oshirish yoʻlida alohida jonbozlik koʻrsatayotgani, shuningdek, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun mukofotlandi.
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan tadbirkor” faxriy unvoni bilan
Boltayev Odiljon Olimjonovich - Samarqand shahridagi “Azia metall prof” masʼuliyati cheklangan jamiyatining rivojlantirish va investitsiya masalalari boʻyicha direktori, Samarqand viloyati
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sanoat xodimi” faxriy unvoni bilan
Xamrayev Baxtiyor Djabbarovich - Navoiy shahridagi “Gidro stanko servis” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori, Navoiy viloyati
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan quruvchi” faxriy unvoni bilan
Isakov Muhsinjon Qosimjonovich - Margʻilon shahridagi “426-xoʻjaliklararo ixtisoslashgan koʻchma mexanizmlar kolonnasi” masʼuliyati cheklangan jamiyati bosh direktori,Fargʻona viloyati
Babaxanov Yorqin Xaitmuradovich - Boʻstonliq tumanidagi “Central Asian constriction” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi, Toshkent viloyati
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan qishloq xoʻjaligi xodimi” faxriy unvoni bilan
Axmedov Baxtiyor Ergashevich - Baxmal tumanidagi “Qoʻshchinor mevasi” fermer xoʻjaligi boshligʻi, Jizzax viloyati
“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan
Kazimov Botir Xaydarovich - Toyloq tumanidagi “Bogʻizogʻon” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori, Samarqand viloyati
Umirzakov Shunkar Umarovich - Ohangaron tumanidagi “Sarvar Aziz Umarzoda ramzi” fermer xoʻjaligi boshligʻi, Toshkent viloyati
Sharipov Umarbek Kuranbayevich - Urganch tumanidagi “Tillo domor” xususiy korxonasi rahbari, Xorazm viloyati
Axmedov Qodirjon Maxmudovich - Oʻzbekiston tumanidagi “Turon eco cement group” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi, Fargʻona viloyati
Masharipov Otaxon Karimberganovich - Xiva tumanidagi “Chinobod qurilish” xususiy korxonasi direktori, Xorazm viloyati
Saynurdinov Saidgaffar Muxitdinovich - Ohangaron shahridagi “Premier electrotech” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi, Toshkent viloyati
Uraimov Isroiljon Xakimovich - Xoʻjaobod tumanidagi “Al-Hakim” xususiy korxonasi rahbari, Andijon viloyati
Abduraxmanov Abdulaziz Abdukadirovich - “My freighter” va “Centrum air” xususiy aviakompaniyalari taʼsischisi, Toshkent shahri
Babitsa Rastislav - “AZC group” kompaniyasining Markaziy Osiyo boʻyicha ijrochi direktori
