SSSRni tiklashni targ‘ib qilib kelgan fuqaro ozodlikdan mahrum qilindi
Bugun jinoyat ishlari boʻyicha Shayxontohur tuman sudining yopiq sud majlisi yakunida Aziz Hakimovga (1975-yilda tugʻilgan, maʼlumoti – oliy, muqaddam sudlanmagan, vaqtincha ishsiz) doir jinoyat ishi yuzasidan sud hukmi oʻqildi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari xabar berdi.
Bugun jinoyat ishlari boʻyicha Shayxontohur tuman sudining yopiq sud majlisi yakunida Aziz Hakimovga (1975-yilda tugʻilgan, maʼlumoti – oliy, muqaddam sudlanmagan, vaqtincha ishsiz) doir jinoyat ishi yuzasidan sud hukmi oʻqildi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari xabar berdi.
Sudlanuvchining harakatlarida Jinoyat kodeksining 150-moddasida (urushni targʻib qilish) nazarda tutilgan jinoyat tarkibi boʻlmagani sababli Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi (reabilitatsiya uchun asoslar) 2-bandiga asosan oqlandi.
Shu bilan birga, Aziz Hakimov Jinoyat kodeksi 139-moddasining 2-qismida (tuhmat), 140-moddasining 2-qismida (haqorat qilish) hamda 156-moddasining 2-qismida (milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qoʻzgʻatish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topildi.
Jinoyat kodeksining 59,61-moddalari tartibida tayinlangan jazolarni qisman qoʻshish yoʻli bilan oʻtash uchun uzil-kesil 4 (toʻrt) yil, 2 (ikki) oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Shuningdek, sud hukmi bilan Raqamli texnologiyalar vazirligiga sudlanuvchi tomonidan yuritilgan “Telegram" messenjeridagi “Comrade_Aziz” kanalini bloklash majburiyati yuklatildi.
ish boʻyicha 6 (olti) nafar jabrlanuvchiga oʻzlariga yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararlarni undirish yuzasidan fuqarolik ishlari boʻyicha sudga murojaat etish;
sudlanuvchiga hukmga nisbatan yuqori sud instansiyasiga shikoyat berish muddati va tartiblari tushuntirildi.
Aziz Hakimov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetiga qarshi chiqishlar va sovet davri targʻiboti bilan shugʻullangan. Shuningdek, uning 1930-yillardagi siyosiy qatagʻon qurbonlari hamda 1920-yillardagi milliy-ozodlik kurashi ishtirokchilari xotirasini qoralagan chiqishlari ham tarmoqlarda jiddiy bahslar va noroziliklarni yuzaga keltirgan. U Toshkent shahrida «Oʻlmas polk» tadbirlarini tashkil etishda ham faol ishtirok etgan.
Sudlanuvchining himoyachisi Sergey Mayorovning maʼlum qilishicha, Hakimov apellyatsiya bermaydi. Qayd etilishicha, tergov hibsxonasida oʻtkazilgan davr hisobga olinsa, Hakimov yana uch yildan koʻproq muddatni manzil-koloniyada oʻtaydi.
